Ushbu darslik raqamli iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va uning davlat boshqaruvi, biznes jarayonlari hamda jamiyat rivoji ta'siriga bag'ishlangan. Unda raqamli transformatsiyaning nazariy asoslari, raqamli infratuzilmaning tarkibi, platforma modeli, ma'lumotlar va algoritmlarning iqtisodiy resurs sifatidagi o'rni, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi raqamlashtirish jarayonlari atroflicha yoritilinadi. Darslikda MDH mamlakatlarining tajribasi, raqamli iqtisodiyotni o'lchashning xalqaro yondashuvlari, kiber xavfsizlik va raqamli barqarorlik masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Materiallar nazariya va amaliyot uyg'unligida bayon etilgan bo'lib, iqtisodiyot, moliya va raqamli texnologiyalar yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda sohaga qiziquvchi mutaxassislar uchun foydalidir.